Avstraliyaning sharqida yoqqan yomg`ir 74 kundan buyon yonayotgan o`rmon yong`inini o`chirdi. Yong`in 312 ta uyga ta`sir qilgan.
Kuchli yomg`ir Avstraliyaning sharqiy sohilida katta tabiiy yong`inni o`chirdi va suv toshqini keltirib chiqardi, deb yozadi The Washington Post.
Yomg`ir Sidneyga yaqinlashib kelayotgan, Yangi Janubiy Uelsning qirg`oqlari bo`ylab 74 kun davomida harakatlangan olovni to`xtatdi, yong`in bu vaqt ichida 500 ming gektar maydonni yoqib yubordi.
Sharqiy sohillarga bir necha kun davomida so`nggi 50 yil ichida har qachongidan ham ko`proq yog`ingarchilik bo`lgan. Hukumat suv toshqini bilan bog`liq oltita qutqaruv ishlari haqida xabar bergan.
Yangi Janubiy Uelsda 9 fevral kuni yana yog`ingarchilik, kuchli shamollar va yuqori darajadagi suv toshqini.






