Ijodni va oilasini bir maromda olib borayotgan, xonandalar orasida ajoyib juftlik yaratgan Sevinch Mo`minova hamda Sharof Muqimovlarga ko`pchilik havas qiladi. San`at olamida birga ijod qilayotgan bu juftlik nafaqat xonandalikda, balki kinofilmlarda ham yaratgan obrazlari bilan e`tiborga tushgan. Yaqin kunlarda katta ekranga chiqishi kutilayotgan ''So`nggi kun'' kinokartinasida ularning ikkisi bosh qahramon obrazlarni talqin etishgan. Bu haqda popcorn.uz xabar qiladi.
Bundan tashqari yakkaxon ijodida tinim bilmay izlanayotgan Sevinch va Sharofdan ketma-ket tuhfalarni qarshi olasiz. Ulardan biri tez kunlarda premerasi bo`lib o`tadigan yangi filmga yaratilgan saundtrek bo`lsa, keyingisi Sevinch Mo`minovaning ''Ko`ylagim'' deb nomlangan qo`shig`iga ishlangan videoklipdir.
Ayni kunda mazkur tarona uchun taniqli klipmeyker Jasur Shametov tomonidan video suratga olinmoqda. Klip kichik syujetni o`zida qamragan bo`lib, bugun e`tiboringizga tasvirga olish maydonidan fotoreportaj xavola etamiz. Tez kunda yangi videoklip namoyishini o`tkazib yubormang.





