“O`zbekiston” sport majmuasida og`ir atletika bo`yicha VI xalqaro birdamlik musobaqasi boshlandi.
Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqa O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi hamda Og`ir atletika federasiyasi tomonidan Osiyo og`ir atletika federasiyasi va Xalqaro og`ir atletika federasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda dunyoning 62 davlatidan 350 nafarga yaqin atletlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro og`ir atletika federasiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Ursula Garsa Papandrea (AQSh) ta`kidlashicha olimpiada oldidan g`oyat muhim sport anjumanini o`tkazish huquqi O`zbekistonga berilgani bejiz emas. Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoit va xalqimizning mehmondo`stligi xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan e`tirof etilmoqda. Xalqaro sport murabbiylari O`zbekistonda yirik musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun etarli sharoit borligi borligini aytishyapti.
Xalqaro birdamlik musobaqasida mamlakatimiz sharafini Adhamjon Ergashev, Akbar Jo`raev, Muattar Nabieva kabi yigirmaga yaqin og`ir atletikachilarimiz himoya qilmoqda.






