AsosiyJamiyat

Andijon viloyatida tungi reyd o`tkazildi

'Andijon viloyatida tungi reyd o`tkazildi'ning rasmi

Andijon viloyati xududida yo`l-transport xodisalarini oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta`minlash borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda   O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Andijon shahar hududida o`tkazilgan tungi reyd davomida haydovchi A.O. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi bo`lmagan “Spark” rusumli transport vositasi to`xtatilgan vaqtida, haydovchining tegishli me`yoriy hujjatlari mavjud emasligi, avtomashinaning yon oynalari ruxsatsiz qoraytirib olinganligi, davlat raqam belgisi esa o`zboshimchalik bilan echib olinib, avtomashina salonida turganligi ma`lum bo`ldi.

Haydovchi A.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar