AsosiyShou-biznes

Rahmatilla Mirzaevni o`ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo`lga olingani ma`lum bo`ldi

Taniqli diktor Rahmatilla Mirzaevni o`ldirishda gumon qilinayotgan shaxs qo`lga olingan. Bu haqda Kun.uz nashri ushbu holat bo`yicha tergov-surishtiruv ishlariga aloqador manba bergan ma`lumotlar asosida xabar qiladi. 

Ma`lumotlarga qaraganda, Rahmatilla Mirzaevning joniga aynan uning o`z uyida qasd qilingan. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, qotillikda gumon qilinib Rahmatilla Mirzaevni farzandining do`sti hibsga olingan.

Tez orada ushbu holat bo`yicha ichki ishlar idoralaridan rasmiy axborot berilishi kutilmoqda.

Rahmatilla Mirzaevning yaqinlari bergan ma`lumotga ko`ra, taniqli suhandonning dafn marosimi 2 mart kuni, asr namozidan so`ng bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, “Axborot” informasion dasturi boshlovchilisi Rahmatilla Mirzaev 60 yoshda edi.

    Boshqa yangiliklar