“Josus 007” filmi bosh qahramoni Deniel Kreyg bugun, 2 mart kuni 47 yoshni qarshi oldi.
U 1968 yili Angliyaning Chester shahrida tavallud topgan bo`lib to`liq ismi Deniel Rafton Kreyg.
Ijodiy faoliyati davomida u o`nlab mashxur filmlarda rol ijro etgan. Deniel kichiklik vaqtida ota-onasi ajralishadi va u singlisi Lea, onasi bilan Liverpulga ko`chib o`tishadi. Keyinchalik esa ular Xoyleykka ko`chishadi va Denielning onasi rassom Maks Blondga turmushga chiqadi. Shu sabab ham, u 6 yoshidanoq musiqa ilmini ola boshlaydi. Maktabda katta sinflarda o`qib yurgan kezlarida “Hoylake Rugby Club” regbi komandasida o`ynaydi.
16 yoshida Deniel Londonga keladi va Yoshlar milliy teatriga o`qishga kiradi. Uning aktyorlik faoliyati 1992 yildan boshlanadi. Dastlab u Britaniya televideniesidagi bir qator seriallarda suratga tushadi va odamlarning e`tiborini qozonadi.
“Lara Kroft: qabristonlar talonchisi” filmidagi rolidan so`ng esa u katta mashxurlikka erishdi. Kino sohasidagi haqiqiy ma`nodagi omad unga “Josus 007” yilmidan so`ng kulib boqqan.
1992 yili u Fiona Laudonga uylangan. 1993 yili esa ularning qizaloqlari Ella dunyoga kelgan. 1994 yili u Fiona bilan ajrashadi. 2011 yilning 22 iyun sanasida u aktrisa Reychel Vays bilan turmush qurgan.





