Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilma ixtiro qildi. Bu haqda rbs.ru axborotiga tayanib Aniq.uz ma`lum qildi.
«Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi», — deyiladi xabarda.
Taqqoslash uchun, hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.
Yangi uskunaning ishlash tartibi burun bo`shlig`idan olingan namunani tekshirishga qaratilgan.
Har bir qurilma mikroflyuid portativ PCR analizatori, dastlabki qayta ishlash bloki, biotest chipi va koronavirus nuklein kislotalarini aniqlash uchun yangi to`plamlar bilan jihozlangan. Bunda uskuna bir vaqtning o`zida sakkizta namunani tekshira oladi.






