AsosiyJamiyat

Pitnakda korrupsiya avj olganligi aytilayotgan maktabda o`rganish ishlari boshlandi

'Pitnakda korrupsiya avj olganligi aytilayotgan maktabda o`rganish ishlari boshlandi'ning rasmi

Pitnak shahridagi 11-maktab o`qituvchisi mamlakatimiz Prezidentiga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yo`llagan edi. O`qituvchi o`zi faoliyat yuritayotgan maktabda korrupsiya avj olganligi, muassasa rahbari o`qituvchilarga dars taqsimlashda o`zboshimchalik qilayotganligi, bu xususda yuqori tashkilotlarga yuborilayotgan arizalar oqibatsiz qolayotganligini bayon etilgan.

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasining Matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra,  murojaatchi A.Xidirboeva va u bilan birga ishlayotgan bir guruh o`qituvchilar 2019 yil 14 dekabr kuni  viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i nomiga dars taqsimoti yuzasidan ariz qilishgan. Shikoyat xati boshqarma ishchi guruhi tomonidan o`rganib chiqilgan. O`rganishlar jarayonida maktabda dars taqsimoti bo`yicha ba`zi kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlangan. Buning uchun o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Z.Arazovaga  Hazorasp tumani xalq ta`limi bo`limining buyrug`i bilan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.  

Hozirda boshqarma tomonidan A.Xidirboevaning prezidentga yo`llagan murojaatini o`rganish bo`yicha ishchi guruhi tuzilgan bo`lib, natijalari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berilishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar