AsosiyJinoyat

Toshkentdagi masjidlarda o`g`irliksodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar qo`lga olindi

'Toshkentdagi masjidlarda o`g`irliksodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

19 yanvar kuni soat 15.30 da Shayxontohur tumanida 22 yoshli Islom A. masjidda bo`la turib, 22 yoshli Sanjar N.ga tegishli bo`lgan ustki kiyim cho`ntagidan narxi 1.625.000 so`m bo`lgan mobil telefonni o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan. O`g`irlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

22yanvar kuni soat 15.00 da noma`lum shaxs Olmazor tumanidagi masjidda bo`la turib, 44 yoshli Munojiddin P.ga tegishli bo`lgan ustki kiyimdan 800 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Ko`rilgan choralar davomida tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi o`rganilgach, ushbu o`g`irlikdan gumonlanuvchi tariqasida 39 yoshli Boxodir T. qo`lga olindi.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ehtiyot chorasi: qamoqqa olish.

 

    Boshqa yangiliklar