Bugun, 2 mart kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Rahmatilla Mirzaev olamdan o`tdi. U 2014 yilning 22 sentyabr sanasida 60 yoshni qarshi olgandi.
Ma`lumotlarga qaraganda, u noma`lum shaxslar tomonidan o`ldirib ketilgan bo`lishi mumkin. Mashhur suxandonning o`limi haqida uning hamkasbi Muslimbek Yo`ldoshev Facebook’dagi sahifasida "O`zbekiston televideniesi suxandoni, 60 yoshda bugun bu yorug` dunyoni tark etibdi. Noma`lum shaxslar tomondan o`ldirilgan bu mashhur diktorni taniganlar, ularning haqlariga duo deb qo`yarsizlar degan umid bilan, hamkasblari nomidan... Olloh Rahmatilla akani o`z rahmatiga olgan bo`lsin!", deb yozadi Muslimbek Yo`ldoshev.
Rahmatilla Mirzaevning oila a`zolari va yaqinlariga tahririyatimiz nomidan chuqur ta`ziya izhor etamiz.





