AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopiladi

'O`zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopiladi'ning rasmi

Hozirda dunyoda tarqalayotgan koronavirus epidemiyasidan ogohlik va ehtiyotkorlik o`ta muhim bo`lib turgan bir davr. Shunday paytda tibbiy niqoblar (maska) narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopilishi ko`zda tutilmoqda.  Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi. 

Agentlik o`z vakolatlari doirasida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Agarda narxlar o`zboshimchalik bilan oshirib olingan bo`lsa, dorixonaning lisenziyasi tugatiladi, deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar