AsosiyJinoyat

Yunusobodda tartibbuzar ayolga pichoq bilan tahdid qildi. Ayolni himoya qilgan harbiy xizmatchiga jarohat etkazdi

'Yunusobodda tartibbuzar ayolga pichoq bilan tahdid qildi. Ayolni himoya qilgan harbiy xizmatchiga jarohat etkazdi'ning rasmi

Yunusobod tumanida jamoat tartibini saqlash yuzasidan xizmat vazifasini o`tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma`lum shaxs qo`lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko`rib, zudlik bilan ko`ngilsizlikning oldini olishga oshiqadi.

Noma`lum erkak ayolga etib olgan paytda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi etib kelib, ayolni pichoq bilan tahdid qilayotgan erkak qo`lidan ajratib olgan. Bu haqda O`zA xabar berdi

Ayolni himoya qilgan harbiy xizmatchini ko`rgan tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan. 

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib, Yunusobod tumani 9-dahada to`xtatilgan.

Fuqarodan qo`lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, fuqaro Milliy gvardiya va PPX xodimi talabini bajarmasdan, xaqorat qilib, ularni o`ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo`liga ilingan narsalarni ota boshlagan. 

Fuqaroni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog`iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. PR73 (rezina tayoq)ni ishlatishga majbur bo`lgan.

So`ng tartibbuzarning qo`lidagi pichoqni tortib olib, qo`liga kishan solgan. Qo`lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo`limiga topishirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri spirtli ichimlik ichgani oqibatida o`zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelgani ma`lum bo`lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar