AsosiyShou-biznes

Surxondaryoda O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tmoqda

Surxondaryoda O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan adabiy-badiiy kecha, ijodiy uchrashuv va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti.

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Termiz davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan ana shunday tadbirlardan birida adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, talabalar ishtirok etdi. 

Mannon Uyg`ur nomidagi Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida bo`lib o`tgan uchrashuvda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Termiz davlat universiteti rektori M.Haydarov va boshqalar mamlakatimizda milliy adabiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo`shgan shoir va yozuvchilarga alohida hurmat-e`tibor qaratilib, ularning ijodi munosib qadrlanayotganini ta`kidladi. Prezidentimizning 2014 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori bunga yaqqol misoldir. 




 

    Boshqa yangiliklar