AsosiySport

Meyvezer - Pakyao jangiga VIP chiptalar narxi 65 ming AQSh dollari deb baholanmoqda

2015 yilning 2 may sanasida Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o`rtasida bo`lib o`tadigan jangga chiptalar savdosi rasman boshlanmadi. Shunga qaramay, hozirdanoq chiptani xarid qilish mumkin ekanligi haqida xabar berayotganlar topiladi. Ushbu jangni kuzatishni istovchilar soni ko`pchilikni tashkil etmoqda. VIP chiptalari odatda yulduzlarga tekinga tarqatilardi. Biroq bu safar shunday toifadagi chiptalar uchun 65 ming dollar to`lashga to`g`ri keladi. Bu haqda olamsport.com nashri ma`lumot beradi.

Chiptalarni sotish bilan "MGM Grand" mehmonxonasi shug`ullanmoqda. Jang shu erdagi zalda o`tkaziladi. Arizalar qabul qilinyapti, lekin "MGM" kredit kartasida 250 ming dollardan ko`proq mablag` bo`lganlardan arizalar olib qolyapti xolos. Bu VIP chipta sotib olishni xohlovchilarga taalluqli.

Oddiy toifa chiptalari narxi 10 ming dollar atrofida bo`lishi kutilmoqda. Erkin savdoga kam miqdorda chipta chiqariladi. Qolganlarini asosan tanishlar yordamida qo`lga kiritish mumkin bo`lishi to`g`risida ma`lumotlar bor.

    Boshqa yangiliklar