AsosiyDunyo

Buyuk britaniyada iste`mol qilish mumkin bo`lgan stakanlar yaratildi

Buyuk Britaniyadagi KFC tez tayyorlanadigan taomlar restoranlari tizimida endilikda iste`mol qilish mumkin bo`lgan stakanlar omma e`tiboriga havola etilmoqda, deya xabar beradi day.az nashri. 

Ushbu stakan mahsus shirin pechenedan tayyorlangan bo`lib ustki qismi shakar bilan, uchinchi qismi shokolad va muqovasi restoran-kompaniya logotipi bilan bezatilgan. Restoran ushbu stakanlarni yaratish uchun The Robin Collective uchun buyurtma berdi. Ushbu kompaniya antiqa noodatiy idishlarni yaratish bilan shug`ullanadi.

“Biz ushbu stakanlarga turli xushbo`y xidlarni berishni ham rejalashtirayapmiz. U oilaviy dam olish istagida kelgan xo`randalarga xush keladi, degan  umiddamiz” deydi kompaniya vakili Brendi Rayt.

 

    Boshqa yangiliklar