Mamlakatimizning sobiq birinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida start olgan turnirdagi ishtirokini g`alaba bilan boshladi. Hamyurtimiz sovrin jamg`armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo`lgan Ladies Neva Cup 2015 musobaqasining ilk davrasida mezbon tennischi Mayya Kasitadzeni 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi, deb yozadi olamsport.com nashri.
Rossiyalik bu tennischi turnirga imtiyozli yo`llanma asosida qo`yilgan edi. Bugun Omonmurodova ikkinchi davrada turnirning ettinchi raketkasi belaruslik Olga Govorsovani musobaqadan chiqarib yuborgan latviyalik Elena Ostapenko bilan hisob-kitob qiladi. Ostapenkoning asosiy to`rga saralash orqali etib kelganligi e`tiborga molik.





