Fabio va Paolo Kannavarolar soliq to`lamaganlikda ayblanmoqda. Italiya polisiyasi ayni paytda aka-ukalarning ishi yuzasidan tergov jarayonini boshlagan. Ushbu summa 1 million evro atrofida ekanligi aytilmoqda. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda.
Qolaversa, tergov jarayonida Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisiga mulkdan foydalanishni vaqtinchalik taqiqlab qo`yishganiga qaramay, Fabio bunga amal qilmaganyu Hozirda Fabio va uning rafiqasi hamda Paologa 10 oylik qamoq jazosi berilishi mumkinligi haqida aytilyapti. Ayblanuvchilar ushbu ayblov bo`yicha sud qaroriga apellyasiya berishgan.





