AsosiySport

Neymar: “Manchester Siti” muxlisi meni haqorat qildi

"Barselona" hujumchisi Neymar "Manchester Siti"ga qarshi kechgan bahsda muxlis bilan sodir bo`lgan mojaro haqida tushuntirish berdi. Bu haqda uff.uz www.soccer.ru nashri ma`lumotlari asosida xabar qiladi.   

Eslatib o`tamiz, Neymar zaxiraga chiqib ketayotganda "shaharliklar" muxlislaridan biri bilan dahanaki jangga kirishgan edi.

"Men u bilan shunchaki o`yin qildim. U meni haqorat qildi, men esa istehzoli kulib turaverdim.

U menga nima dedi? Uning gaplarini takrorlay olmayman. Meni onam to`g`ri tarbiya qilgan. Aftidan menga onam o`rgatgan narsalarni o`sha muxlisga onasi o`rgatmagan shekilli", - deydi Neymar.

    Boshqa yangiliklar