O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi, Yoshlar madaniyat va san`at markazi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda madaniyat va san`at namoyandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda O`zA ma`lumotlari asosida uz24.uz xabar beradi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida bo`lib o`tgan uchrashuvda “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek Alimov va Nigora Ismoilova ijrosidagi kuy-qo`shiqlar yangradi.
Avval xabar berilganidek, “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida ijodiy festival butun respublikamiz bo`ylab o`tkazilishi rejalashtirilgan.





