AsosiyJamiyat

Sherzod Shermatov hudud rahbarlaridan byudjetga qo`shimcha topilgan daromadlarning ko`proq qismini maktablarga yo`naltirishni so`radi

'Sherzod Shermatov hudud rahbarlaridan byudjetga qo`shimcha topilgan daromadlarning ko`proq qismini maktablarga yo`naltirishni so`radi'ning rasmi

2019 yilda mahalliy byudjetdan maktablar uchun qo`shimcha eng ko`p mablag`lar aynan Andijon viloyatida ajratilgani haqida avvl xabar bergandik.

Shu munosabat bilan viloyat hokimiga «Ta`lim homiysi» ko`krak nishoni topshirildi. 2019 yilda barcha hududlarda hokimliklarning mahalliy byudjetlariga qo`shimcha daromadlari hisobidan maktablarga katta miqdorda qo`shimcha yordam berildi.

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hudud rahbarlariga murojaat qildi: 

Avvallari faqat Respublika Investisiya dasturi bo`lar edi, hozirda esa barcha viloyat hokimliklarida byudjetdan tashqari qo`shimcha mablag`larini o`zlari tasarruf etishlari uchun qoladigan bo`ldi. Shuning hisobiga hokimlar joylarda maktab, bog`cha, shifoxona, yo`l, suv va boshqa aholi uchun muhim masalalarga qo`shimcha ko`mak bera olayaptilar.

2018 yili maktablarga eng ko`p qo`shimcha mablag`ni ajratgani uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi Musa Tajetdinovichga «Ta`lim homiysi» ko`krak nishonini bergan edik. Shu tariqa hududlar orasida o`ziga hos raqobat ham boshlangan edi.

Mana 2019 yilda maktablar uchun eng ko`p qo`shimcha mablag` Andijon viloyatida ajratilibdi. Natijada juda ko`p maktablardagi binolar ahvoli yaxshilanib, qo`shimcha jihozlar bilan ta`minlandi.

Lekin hali barcha hududlarda maktablarda amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar juda ko`p. Bu yil ham qolgan hududlar rahbarlaridan va mahalliy deputatlar kengashlaridan mahalliy byudjetga qo`shimcha topilgan daromadlarini ko`proq qismini aynan maktablarimizga yo`naltirishga alohida e`tibor qaratishlarini so`rab qolamiz.

Shu tariqa Prezidentimizning «Maktab ta`limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur» deb aytgan vazifalarini joylarda rahbarlar qanday tushungani yaqqol ko`rinadi va yil yakunida yana boshqa hudud birinchilikni qo`lga kiritadi deb umid qilamiz.

 

    Boshqa yangiliklar