AsosiyJinoyat

Farg`onada tabiiy gazga noqonuniy ulangan sex fosh etildi

'Farg`onada tabiiy gazga noqonuniy ulangan sex fosh etildi'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat havfsizlik xizmati Dang`ara tuman bo`limlari mutasaddi vakillari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o`tkazildi. Unda Dang`ara tumanidagi “Sanam” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan “Obod qishloqqa ko`makchi” mas`uliyati cheklangan jamiyati o`rganilganda o`zboshimchalik bilan ulangan ohak ishlab chiqarish sexi faoliyat ko`rsatayotgani aniqlandi. Bu tarmoq “Dang`ara-2” sanoat kollektoridan Buvayda tumaniga tortilgan yuqori bosimli gaz quvuriga noqonuniy ravishda ulangani ma`lum bo`ldi. Voqea haqida O`zA xabar berdi.

Shuningdek, “Obod qishloqqa ko`makchi” MChJ va “Hududgaz Farg`ona” MChJ o`rtasida tabiiy gazni etkazib berish bo`yicha shartnoma tuzilmaganligi, jamiyatdan ro`yxatdan o`tmaganligi, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanish uchun hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda gaz hisoblash uskunasi mavjud emasligi qayd etildi.

Ushbu holat bo`yicha ohak ishlab chiqarish sexi faoliyati to`xtatilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Etkazilgan zarar summasini aniqlash uchun ma`lumotlar loyiha institutiga taqdim etildi va uning xulosasi asosida yakuniy hisob-kitoblar qilinib, chora ko`rilishi belgilandi.

Boshqa yangiliklar