2015 yilning 22 fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumani Xo`jaobod QFY hududidan oqib o`tuvchi "Katta Andijon" kanali yoqasidan 53-yoshli mahalliy aholiga mansub ayolning, uning kelini va nabirasining qotillik alomatlari bilan jasadlari topilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Shuningdek, voqea joyidan marhumaning o`g`liga tegishli "NEKSIYa" avtomashinasi ham topilgan.
Norin tumani ichki xodimlari tomonidan viloyat IIB kuch-vositalarining faol yordami tufayli amalga oshirilgan tezkor-qidiruv va tergov harakatlari natijasida, voqea sodir bo`lgan kunning ertasigayoq, mazkur jinoyatni Norin tumanida yashovchi to`rt nafar shaxs jabrlanuvchining uyiga bosqinchilik hujumi orqali amalga oshirganliklari "issiq izida" fosh etildi.
O`tkazilgan tergov harakatlari natijasida gumonlanuvchilarning biri uyidan marhumaga tegishli daliliy ashyolar topilgan. To`rt nafar gumonlanuvchilarning barchasi qo`lga olingan va ichki ishlar idorasiga olib kelingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.





