AsosiyJamiyat

"O`zavtoyo`l" 2014 yil davomida 536 dona zamonaviy yo`l qurilish texnikalarini xarid qildi

“O`zavtoyo`l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2014 yil davomida jami 536 dona zamonaviy yo`l qurilish texnikalari xarid qilindi.

Kompaniya O`zbekistondagi qo`shma korxonalarda ishlab chiqarilgan “MAN” rusumidagi 113 dona samosval, 38 dona maxsus kombinasiyalangan yo`l-qurilish mashinasi, “ISUZU” rusumiga mansub 32 dona shassi avtogudronator va 14 dona avtokran, 29 dona “NEW-Holland” belgisi ostidagi yuk ko`taruvchi ekskavator va ko`plab boshqa ixtisoslashgan texnikalarni sotib olgan. Udar orasida O`zbekistonda yagona nusxada bo`lgan, Samarqanddagi “MAN” zavodida ishlab chiqarilgan yo`l chiziqlarini chizishga ixtisoslashgan mashina ham bor.

Ulardan 310 dona texnika Respublika yo`l jamg`armasi mablag`lari hisobidan, lizing shartnomalari asosida118 dona texnika, bank kreditlari mablag`lari hisobidan esa 108 ta texnika xarid qilingan, deb xabar bermoqda uz24.uz  nashri “O`zavtoyo`l” davlat aksiyadorlik kompaniyasining axborot xizmati ma`lumotlari asosida.

 

    Boshqa yangiliklar