“Umra-2020” mavsumida qulay sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha Qo`mita.
Joriy yil 1 fevral kunidan e`tiboran kunlik charter aviaparvozlar Madinai Munavvara xalqaro aeroportiga amalga oshiriladi.
Bugun, birinchi charter aviareysimiz (245 nafar ziyoratchi) Toshkent-Madina yo`nalishida ushbu muqaddas shaharga to`g`ridan-to`g`ri aviaparvoz asosida uchib ketdi.
Umra safariga borishni xohlovchilar o`zlarining doimiy turar joyidagi mahalla idorasi, mahalliy hokimliklar hamda O`zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakilliklariga murojaat qilishlari mumkin.






