Reuters axborot agentligining Pokiston va Afg`oniston bo`yicha rahbari Mariya Golovnina kecha, 23 fevral kuni o`zining Islomoboddagi ofis sifatida foydalaniladigan kvartirasida jonsiz holda topilgan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi ma`lumotlari asosida mir24.tv nashri.
“Mariya ofisda hushini yo`qotgan. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, shifokorlar kelganlarida Mariya tirik bo`lgan va gospitalga olib ketilgan. Biroq qilingan harakatlar samara bermay uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmagan”, deyiladi xabarda.
Jurnalistning jasadi o`lim sabablarini aniqlash uchun Pokiston tibbiy tadqiqotlar institutiga etkazilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, uning tanasida hech qanday jarohat izlari topilmagan.
Aytish lozimki, rossiyalik 34 yoshli Mariya Golovnina xalqaro axborot agentligida 2001 yildan berib ishlab kelgan. U agentlikning Buyuk Britaniya, Singapur, Rossiya va MDH davlatlaridagi bo`limlarida muxbir sifatida faoliyat ko`rsatgan.
Ayni damda Mariya Golovninaning o`limi bo`yicha tergov ishlari boshlangan.





