AsosiyShou-biznes

Grimda tanib bo`lmas aktyorlar. Top 50 (1-qism)

Gollivud, Bollivud kinolarini tamosha qilar ekansiz, gohida qo`rqinchli mahluqlarni ko`rib, bu rolni kim o`ynadi ekana deb qolamiz. ammo sizni ishontirib aytishimiz mumkinki, rol ijrochisi aslida kim ekanini ko`rsangiz, hayratda qolasiz. Bugungi sahifamiz orqali biz sizga bir qator filmlarda grim yordamida o`ziga umuman o`xshamaydigan rollarni gavdalantirgan aktyorlar bilan sizni tanishtiramiz. Hayratlanishga tayyor turing. 

1. “Osmon jangchilari” filmidagi Chubakka obrazini aktyor Piter Meyxyu gavdalantirgan.

2. “Osmon jangchilari” filmidagi Dart Veyder rolida esa Devid Prouz o`ynagan.

3. “Osmon jangchilari” filmidagi C-3PO rolida Entoni Deniels.

4. “Maymunlar sayyorasi” filmida General Teyd obrazida aktyor Tim Rot.

5. “Qo`ng`iroq” mistik filmidagi qo`rqinchli ayol Samara Morgan rolini yoqimtoy aktrisa Deyvi Cheyz o`ynagan.

6. “Frankenshteyn” filmidagi Frankenshteyn obrazini Boris Karloff yaratgan.

7. “V-vedetta degani” filmidagi V rolini Xyugo Uiving gavdalantirgan.

8. “Tutsi” filmidagi Maykl Dorsi va Doroti Mayklz ismli ikki obrazni mahoratli aktyor Dastin Xoffman yaratgan. Qoyilmaqom rol.

9. “Missis Dautfayr” filmidagi Daniel Xillard va Missis Dautfayr ismli ikki rolni esa aktyor Robin Uilyams o`ynagan.

10. “Soch uchun lak” filmidagi Edna Ternblad ismli do`mboq ayol obrazini Jon Travolta o`ynagan.

11. “Norbitning hiylasi” filmidagi Rasputiya va janob Vong rolini mahoratli aktyor Eddi Merfi gavdalantirgan.

12. 1987 yili kino ekranlariga chiqib barchani qo`rqinchga solgan “Yirtqich” filmdagi qo`rqinchli mahluq rolini Kevin Piter Xoll ishonarli tarzda o`ynagan.

13. “Garri va Xendersonlar” filmidagi Garri obrazini ham Kevin Piter Xoll o`ynagan.

14. “Yovuzlik sevgisi” filmidagi Rozmari obrazini latofatli aktrisa Gvinet Peltrou o`ynagan.

15. “Baxaybat mahluq” filmidagi Eylin Uornos rolini go`zal aktrisa Sharliz Teron yaratgan.

16. “Oppog`oy-qo`rqinchli ertak” filmidagi yalmog`iz obrazini Sigurni Uiver gavdalantirgan.

17. “Dushmanim mening” filmidagi Jeriba Shigan “Jerri” rolini aktyor Luis Gossett o`ynagan.

18. “Beshinchi element” filmidagi Diva Plavalaguna obrazini Mayvenn Le Besko o`ynagan.

19. “Tentaklar” filmidagi Dangasa obrazini aktyor Djon Matushak ijro etgan.

20. “Ostin Pauers” filmidagi Doktor Yovuzlik va Ostin Pauers rollarini Mayk Mayers o`ynagan.

21. “Vyazov ko`chasidagi daxshat” filmidagi Freddi Kryuger rolini mahoratli aktyor Robert Inglund ijro etgan.

22. “Jipers Kripers” filmidagi Kripers rolini Jonatan Brek o`ynagan.

23. “Omadsizlik askarlari” filmidagi Les Grossman rolini iste`dodli aktyor Tom Kruz ijro etgan.

24. “Xellouin” filmidagi Maykl Mayers rolini Nik Kastl o`ynagan.

25. “Osmon jangchilari” filmidagi Wicket W. Warrick va Leprekon rollarini Uorvik Devis o`ynagan.

26. “Narniya yilnomasi: Shahzoda Kaspian” filmidagi Nikabrik, professor Flitvik va bir qancha goblinlar rolini Uorvik Devis ijro etgan.

27. “Garri Potter” filmdagi Volan-de-Mort rolini Reyf Fayns o`ynagan.

28. “Lemoni Sniket-33 baxtsizlik” filbmidagi Graf Olaf rolini komik aktyor, iste`dod egasi Jim Kerri o`ynagan.

29. “Avatar” filmidagi Mitiri rolini Zoi Saldana ijro etgan.

30. “O`sha” filmidagi Pennivayz rolini Tim Karri o`ynagan.

31. “Jahannamdan chiqqan” filmidagi Pinxed rolini aktyor Dag Bredli gavdalantirgan.

32. “Fantastik to`rtlik” filmidagi tosh mahluq obrazini Maykl Chiklis o`ynagan.

33. “Favn labirinti” filmidagi Favn rolini aktyor Dag Jons o`ynagan.

34. “Fantomas” filmidagi Fantomas obrazini ajoyib, mahoratli aktyor Jan Maare o`ynagan.

35. “Ayoz” filmidagi Yalmog`iz rolini Georgiy Millyar ijro etgan.

36. “Avatar” filmidagi qabila boshi Eytukan obrazini aktyor Ues Studi gavdalantirgan.

37. “Bo`ri odam” filmidagi Lourens Talbotni aktyor Benisio del Torro ijro etgan.

38. “Dedpul” filmidagi Ueyd Uilson rolini yosh aktyor Rayan Reynolds o`ynagan.

39. “Afsona” filmidagi Zulmat xukmdori obrazini Tim Karri ijro etgan.

40. “Grinch-Yangi yil o`g`risi” filmidagi Grinch obrazini Jim Kerri gavdalantirgan.

41. “Qo`riqlovchi” filmidagi Rorshax rolini aktyor Jeki Erl Xeyli o`ynagan.

42. “Godzilla” filmidagi Godzilla obrazini aktyor Xaruo Nakadzima ijro etgan.

43. “Drakula”  filmidagi Drakula obrazini Gari Oldmen o`ynagan.

44. “Maymunlar sayyorasi” filmidagi maymun ayol rolini aktrisa Xelena Bonem Karter ijro etgan.

45. “Karib dengizi qaroqchilari: murda sandig`i” filmidagi sakkizoyoqqa o`xshash mahluq rolini Bill Nayi o`ynagan.

46. “Kafolatli erkak” filmidagi baqaloq kishi obrazini rus aktyori Dmitriy Nagiev mahorat bilan ijro etgan.

47. “Gannibal” filmidagi Meysona Verdjer rolini aktyor Geri Oldman gavdalantirgan.

48. “Qora risar” filmidagi Joker obrazini esa iste`dodli aktyor Xit Ledjer yaratgan.

49. “Vampirning soyasi” filmida Maks Shrek rolini ijro etgan aktyorning ismi esa Aillem Defodir.

50. “Spaun” filmidagi Masharaboz obrazini aktyor Jon Leguizamo yaratgan.

    Boshqa yangiliklar