“Al Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin har ikkala jamoa menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Unda jamoalarning bugungi bahsda qanday rangli liboslarda harakat qilishiga ham oydinlik kiritib olindi. Bu haqda olamsport.com nashri championat.asia ma`lumotlari asosida xabar qiladi.
Unga ko`ra, “Bunyodkor” futbolchilari oq, darvozabon siyohrang rangli libosda harakat qiladi. “Al Nasr” vakillari esa sariq rangli formada o`ynashadi. “Al Nasr” – “Bunyodkor” uchrashuvi bugun Ar Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida soat 22:25 da boshlanadi.





