19 fevral kuni bahor mavsumida umra safariga borgan dastlabki 171 nafar ziyoratchilar Vatanga qaytdilar.
Ziyoratchilarni Toshkent shahar aeroportida Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, tegishli vazirliklar va idoralar xodimlari hamda ziyoratchilarning yaqinlari kutib oldilar. Bu haqda O`zbekiston Din ishlari bo`yicha qo`mitaning axborot xizmati xabar beradi.
Ziyoratdan salomat qaytgan fuqarolarimizning kayfiyatlari ko`tarinki yoshi ulug` umrachilarimizga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatimiz nomiga o`z minnatdorchiliklarini bildirishdi.





