AsosiyJamiyat

Qarshida 3 yoshli bola Lacetti’da nazoratsiz qoldirilgan sabab tutundan zaharlanib vafot etdi

'Qarshida 3 yoshli bola Lacetti’da nazoratsiz qoldirilgan sabab tutundan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Qarshi shahrida Lacetti avtomobilida nazoratsiz qoldirilgan 3 yoshli bola tutundan zaharlanib vafot etdi, deya xabar berdi «Daryo».

Qarshi shahar IIB bergan ma`lumotga ko`ra, voqea 30 yanvar, payshanba kuni soat 13:30 larda sodir bo`lgan.

— 1988 yilda tug`ilgan fuqaro S.F. o`zining oq rangli Lacetti avtomobilida 2017 yilda tug`ilgan o`g`li N.M.ni yolg`iz qoldirib, avtomobil eshiklarini qulflab ketgan, — deyiladi Qarshi shahar IIB tarqatgan ma`lumotda. — Nazoratsiz qolgan bola avtomobil salonidagi gugurtni yoqib o`ynagan. Oqibatda uchqun o`rindiqqa tushib, tutagan. Bola esa tutundan dimiqib vafot etgan.

Aytilishicha, viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasiga bu haqda xabar tushmagan. O`t o`chirish mashinasi ham chaqirilmagan.

Voqea yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIB tergov xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar