Kelib tushgan arizaga ko`ra, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Uvak qishloq fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaroning molxonasidan bir bosh qoramolini o`g`irlab ketilganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu o`g`rilikni shu tumanning Qoraxitoy qishlog`ida yashovchi 4 nafar shaxslar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olindi. Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





