"Nihol" mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo`jaev yangi duet taronaga qo`l urdi. Qizig`i, uning galdagi duetdoshi taniqli emas...
"Xayol" nomli yangi qo`shiq Siyovush Ramazonov bilan hamkorlikda yozilgan. Qo`shiq ayni damda radio to`lqinlari orqali jarang sochmoqda. Yaqin orada qo`shiq klipi ham e`tiboringizga havola etiladi. Klip Shuhrat Mavlonov tomonidan suratga olingan bo`lib, unda Otabek Mutalxo`jaev va uning duetdoshini klip qahramonlari qiyofasida ko`rasiz.





