Toshkent shahar Yunusobod tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko`ra, shu tumanda yashovchi 45 yoshli fuqaro mast xolda o`z uyida o`zaro janjal oqibatida Yunusobod tumanida yashagan tanishini to`mtoq jism bilan urib, tan jaroxati etkazganligi natijasida voqea joyida vafot etganligi ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlanib, qo`lga olindi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar beradi.
Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tuman prokraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.





