Toshkent shahar Bektemir tumani IIBga shu tumanda yashovchi fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs u tomonidan uyi oldida qarovsiz qoldirilgan "Neksiya" rusumli avtomashinasining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini echib olib ketganligini ma`lum qilgan, deya xabar beradi IIV rasmiy sayti.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo`lga olindi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





