AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik olimlar tomonidan yangi makkajo`xori yig`ish mashinasi yaratildi

Makkajo`xori o`ta foydali, to`yimli o`simliklardan biri sanaladi. Qadimdan ma`lumki, mayya va asteki qabilalari uni madaniylashtirishgan. Ushbu o`simlik ularning muhim oziq-ovqat rasionidan joy olgan. Yangi uzilgan makkajo`xoridan oziq-ovqat sifatida, urg`ini esa quritib, popkorn ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. O`simlikning uni non, quymoq va kekslar tayyorlashda ham foydali, ham to`yimli. Makkajo`xori yormasi tarkibida glyuten yo`q, u qon tarkibidagi xolesterin moddasini maromida boshqaradi. 

O`zbekiston qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan qishloq xo`jaligi mashinasozligi sohasi uchun mo`ljallanagan makkajo`xorini yig`ish mashinasi yaratildi. Mashinaning vazifasi bargpoya massasining nobudgarchiligini kamaytirish va uni maydalash sifatini oshirish hisobiga so`talarga ishlov berish sifatini oshirishdan iborat. 
 

K.D.Astanakulov, B.A. Xatamov, O.Sh.Ochildiev va G.G.Fozilovlardan iborat mualliflar guruhi bu foydali model uchun № FAP 00975 raqamli patent oldilar. Bu haqda O`zbekiston Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti xabar beradi. 

    Boshqa yangiliklar