Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX hamda PPX tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 24 dan 25 yanvar kuniga o`tar kechasi Toshkent shahrida joylashgan bir qator chorrahalar va YPX maskanlari hamda blok-postlarda jami 10ta avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan turli o`tkir tig`li buyumlarni o`zlari bilan olib yurganliklari holatlari aniqlandi.
Xususan, 25 yanvar kuni soat 02.20larda Shayxontoxur tumani Nurafshon-Beruniy ko`chalari chorrahasida to`xtab turgan hamda yo`lda tirbandlikni keltirib chiqarayotgan, 25 yoshli Uchtepa tumanida yashovchi T. A hamda 26 yoshli Chilonzor tumani yashovchi J.A.lar Spark rusumli avtoulovini to`xtatishib tekshirib ko`rishganda, ushbu avtoulov ichida noma`lum doridan mast holatda bo`lib, o`zlarini bilmagan xolda yotganliklari aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan avtomashina ichidagi ikki nafar fuqarolar IIBga olib borilgan vaqtda avtomashina saloni ichida noma`lum kimyoviy preparatlar “SPAYS” borligi va bir dona uzunligi 12 sm bo`lgan o`tkir tig`li pichoq olib yurilganligi aniqlangan;
- soat taxminan 08.30 larda Yunusobod tumani Sh.Rashidov-A.Qodiriy ko`chalari chorrahasida o`tkazilgan tadbir davomida 27 yoshli Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi E. B. boshqaruvidagi Damas rusumli avtoulovini to`xtatib tekshirib ko`rilganda, ushbu avtoulov yukxonasida tig`li jism ya`ni 1 dona pichoq va 1 dona “Bita” tayoqchasi olib yurilganligi aniqlangan.
Shuningdek, soat taxminan 08.00 larda Mirzo Ulug`bek tumani Do`rmon yo`li-Mingbuloq ko`chalari chorrahasida 43 yoshli Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi X. B. boshqaruvidagi Neksiya-3 rusumli avtoulovini to`xtatishib tekshirib ko`rishganda, ushbu avtoulov yukxonasida yog`ochdan yasalgan dubulg`a va avtomashina salonida tig`li jism ya`ni pichoq olib yurilganligi aniqlangan.
Ushbu kuni soat taxminan 02.10 larda Olmazor tumanida joylashgan “Keles” YPX maskanida Toshkent shahri hududidan Toshkent viloyati hududiga chiqib ketayotgan, 31 yoshli Olmazor tumanida yashovchi A.L. boshqaruvidagi Spark rusumli avtoulovini to`xtatib tekshirib ko`rilganda, ushbu avtoulov salonida tig`li jismlar ya`ni 2 dona pichoq olib yurilganligi aniqlangan hamda soat taxminan 02.10 larda Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” blok-postda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB xodimi tomonidan Toshkent shahri hududidan Toshkent viloyati hududiga chiqib ketayotgan 41 yoshli Toshkent shahri Shayxontoxur tumanida yashovchi Yu.A. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtoulovini to`xtatib tekshirib ko`rilganda, ushbu avtoulov salonida tig`li jism 1 dona pichoq olib yurilganligi aniqlangan.






