AsosiyJamiyat

Fuqarolarimizning 95,4 foizi O`zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasini muntazam kuzatib bormoqda

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi – 2015» mavzusida ijtimoiy so`rov o`tkazdi, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

So`rovda O`zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish huquqiga ega fuqarolarning kayfiyati, fikr-mulohazalari, shuningdek, saylovda faol ishtirok etishini aniqlashga alohida e`tibor qaratildi.

Fuqarolarning aksariyati uchun ommaviy axborot vositalari mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi voqealar, saylovoldi kampaniyasi haqida axborot etkazib beradigan asosiy manbadir. So`rovga ko`ra, 95,4 foiz fuqaro O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini muntazam kuzatib bormoqda. Har ikkinchi ishtirokchining fikricha, respublika ommaviy axborot vositalari bo`lajak saylovni tashkil etish va o`tkazishning o`ziga xos xususiyatlari, saylov kampaniyasining huquqiy asoslariga taalluqli xabarlarni tezkor va o`z vaqtida tarqatmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar