Majburiy ijro byurosi Jondor tumani bo`limi xodimlari tomonidan umumiy ovqatlanish shaxobchasi energiya resurslaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o`tkazildi, deya xabar qildi MIB.
Unda, umumiy ovqatlanish shaxobchasi ish yurituvchisi H.Sharipov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish Qoidalari”ning 121-bandi talablariga zid ravishda ta`minotchi korxona bilan tabiiy gazdan foydalanish to`g`risida shartnoma tuzmasdan, o`zboshimchalik bilan gaz jihozlarini tarmoqq ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.
Buning oqbatida “Hududgaz Buxoro” MChJ “Jondortumangaz” filiali manfaatlariga 29.669.000 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilganligi aniqlangan.
Etkazilgan zarar belgilangan muddatda to`liq qoplab berilmaganligi sababli mazkur holat yuzasidan Byuroning Jondor tuman bo`limi tomonidan H.Sharipovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






