Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Xitoy hamda Afrikada 2019 yil nCoV koronovirusining tarqalishini oldini olish uchun 10 million dollar xayriya qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mablag`lar Xitoy va Afrikadagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari o`rtasida teng taqsimlanadi.
2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo`zg`atuvchisini aniqladilar - bu 2019- nCoV koronavirusi. Xitoydan tashqarida Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada yuqumli kasalliklar qayd etilgan.
Xitoyning materik mintaqasida ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 2744 ga etdi, ulardan 80 nafari vafot etdi.






