AsosiyShou-biznes

O`zbekiston Davlat sirki artisti Kamila Hametova Rigadagi Halqaro sirk festivalida g`alaba qozondi

Rigada “Oltin Karl-2015” Halqaro sirk festivali o`z nihoyasiga etdi. An`anaga ko`ra, ushbu festival Evropaning eng qadimiy sirklaridan birida o`tkaziladi. Festivalning bu yilgi qatnashchilari ichida O`zbekiston Davlat sirki havo gimnatsikasi artisti Kamila Hametova ham ishtirok etdi va u “havo uzuklari” bilan qatnashib bronza medalini qo`lga kiritdi.

Aytish lozimki, festivalda jami 15 mamlakatdan 75 ta sirk artistlari turli nomerlar bilan ishtirok etishdi. Ular qatorida Belarusiya, Germaniya, Italiya, Latviya, Litva, Meksika, Moldava, Ukraina, Rossiya, AQSh, O`zbekiston, Finlyandiya, Shveysariya hamda Shvesiyani sanab o`tish mumkin.

“Men, men uchunqayg`urgan va meni qo`llagan barcha insonlarga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 13 raqam ostida ishtirok etishimga qaramay, o`z nomerimni boshidan oxirisha qadar xatosiz bajarishga erishdim. Bunday nufuzli festivalda ishtirok etish men uchun sharaf. Chunki unda o`ta mahoratli qatnashchilar o`z nomerlarini namoyish etishdi” deydi ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Kamila Hametova. 

    Boshqa yangiliklar