AsosiyJamiyat

Ona tili bo`yicha IELTS kabi milliy test sinovi joriy etiladi

'Ona tili bo`yicha IELTS kabi milliy test sinovi joriy etiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasi taqdim etilmoqda.

Unga ko`ra, 2019 yilda qilingan ishlar va kelgusi yilda rejalashtirilgan loyihalar haqida ma`lum qilindi. 

Xususan, ona tilini o`rganish va tilni takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar berildi.

“Ona tili bo`yicha milliy test sinovi joriy etilishini taklif qilaman. Yoshlar bu bo`yicha yilning istalgan paytida imtihondan o`tadi va o`z bilim ko`rsatkichi sertifikatiga ega bo`ladi. OTMga kirish imtihonalari paytida ona tili fanidan qayta imtihon topshirishiga hojat qolmaydi” , — dedi davlat rahbari. 

    Boshqa yangiliklar