AsosiyJamiyat

Boysun-Termiz yo`nalishida 150 dan ortiq avtomobil to`xtab qoldi

'Boysun-Termiz yo`nalishida 150 dan ortiq avtomobil to`xtab qoldi'ning rasmi

Joriy yilning 22 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga, Boysun-Termiz yo`nalishidagi avtomobil yo`lida kuchli qor yog`ishi natijasida mashinalarning harakati vaqtinchalik to`xtagani to`g`risida ma`lumot kelib tushgan. 

Mazkur xabar yuzasidan, Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi qutqaruvchilari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo`l qordan tozalanib, 150 dan ortiq avtomashinalar va 300 ga yaqin fuqarolarga amaliy yordam ko`rsatildi.

O`z sohasining mutaxassislari tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida Boysun-Termiz yo`nalishidagi avtomobillar harakati tiklandi.

    Boshqa yangiliklar