AsosiyDunyo

Amerikalik bolalar turli xalqlar taomlariga baho bergani haqidagi rolik YouTube'da mashhur bo`ldi

AQShda bir necha bolaga dunyoning turli mamlakatlarida nonushta sifatida tanovul etiladigan taomlarni ta`tib ko`rishga berishgan va ularning holatini tasvirga olishgan. Mazkur rolik YouTube saytida oz fursatda mashhur bo`lib ulgurdi – uch kun ichida u million martadan ortiq tomosha qilingan.  Ayni paytda mazkur videoni 3,3 milliondan ortiq foydalanuvchi ko`rishga ulgurdi.

Koreyscha baliq sho`rva, gollandcha shokoladli tost va mashhur Braziliya qahvasi – bular bolalar tajriba vaqtida iste`mol qilgan taomlarning bir qismi, xolos. Ta`kidlash joizki, ushbu taomlarning ko`pchiligi yosh degustatorlar ta`biga to`g`ri kelmadi – aksariyat kichkintoylar birinchi ta`tib ko`rishdan so`ng o`sha egulikni yana eyishdan bosh tortgan.

    Boshqa yangiliklar