AsosiyJamiyat

Kommunal to`lovlar necha kunlik muddat ichida to`lanishi kerak?

'Kommunal to`lovlar necha kunlik muddat ichida to`lanishi kerak?'ning rasmi

22 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas`ul xodimdari bilan “Kommunal sohadagi asossiz qarzdorliklar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish bo`yicha qilinayotgan ishlar” mavzusida bo`lib o`tgan brifingda mazkur savolga shunday juvob berildi: 

Xasan KABIRDJANOV, Bosh prokuratura huzuridagi MIB direktorining 1-o`rinbosari:

–Yuridik shaxslar asosan oldindan to`lov qilish orqali kommunal xizmatlardan foydalanishi ma`lum. Iste`molchi-fuqaro kesimida oladigan bo`lsak, gaz, elektr energiya va suv ta`minoti uchun iste`mol qilinganidan keyin 10 kun kun ichida to`lov amalga oshirilishi kerak. Aks holda, majburiy ijro byurosi hodimlari tomonidan talabnoma rasmiylashtirishadi va bunda 5 kunlik muddat ichida to`lovni amalga oshirish talab etiladi. Shunda ham to`lanmasa, tarmoqdan ajratish choralari ko`riladi. 

Ma`lumot o`rnida 

2019 yilda kommunal resurslardan foydalanish bo`yicha 240 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, shundan:

  • 115 tasi elektr energiyasidan;
  • 110 tabiiy gazdan;
  • 15 tasi ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilgan.

28825 ta ma`muriy huquqbuzarliklar aniqlangan bo`lib, shundan:

  • 20316 ta elektr-energiyasi;
  • 6874 ta tabiiy gaz;
  • 1635 ta ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilgan.

    Boshqa yangiliklar