2020 yil 19 yanvar soat 16:55 larda Namangan shahrida joylashgan “Golden W.P.” MChJga qarashli qog`oz ishlab chiqarish sexiga o`rnatilgan quritish kompressori nazoratsiz qolishi natijasida tabiiy gaz to`planib qolib, portlash hodisasi sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Portlash oqibatida, mazkur sex ishchisi A.X. (1996 y.t.) hodisa joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilayotgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning "darakchi.uz"ga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan 2020 yil 20 yanvarda shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






