AsosiySport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatidan qaytib kelishdi

Tailandda velosport bo`yicha o`tkazilgan Osiyo chempionatida bittadan oltin va bronza medaliga sazovor bo`lgan terma jamoamiz a`zolari Vatanimizga qaytib keldilar. Toshkent xalqaro aeroportida g`olib sportchilarimiz O`zbekiston velosport federasiyasi mas`ullari, OAV xodimlari tomonidan kutib olindi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.

Avval xabar qilganimizdek Tailandning Natxonratchasima shahrida bo`lib o`tgan mazkur qit`a chempionatida Timur Gumerov ko`pkurash (omnium) poygalarida eng yuqori natijaga ega bo`lib, Osiyo chempionatining oltin medali bilan birga 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmasi uchun muhim reyting ochkolariga ega bo`ldi.

Mazkur qit`a chempionatining o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan musobaqalarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Siddiqov yakunda bronza medali sovrindori bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar