Savdo-sanoat palatasi Buxoro hududiy boshqarmasi tomonidan 2019-yilning oktyabr oyida “Buxorogazsanoatqurilish” AJ manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga “Uzbekneftegaz” AJga nisbatan 33 mlrd. so`m miqdoridagi debitorlik qarzini undirib berish yuzasidan da`vo arizasi kiritildi.
SSP tomonidan kiritilgan da`vo arizasi to`liq qanoatlantirilib, “Buxorogazsanoatqurilish” AJning huquqiy manfaatlari tiklanishiga erishildi.
“Buxorogazsanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyatining Savdo-sanoat palatasiga yozgan minnatdorchilik xatiga ko`ra, mazkur debitorlik qarzining undirilishi tufayli “Buxorogazsanoatqurilish”aksiyadorlik jamiyatining byudjet oldidagi 13 mlrd. so`mdan ziyod soliq qarzlari, shu bilan birga ishchi xodimlarning 3 oylik ya`ni 9 mlrd. so`mdan ortiq oylik ish haqlari qoplandi.
“Agar sizning faoliyatingizda shunga o`xshash muammolar bo`lsa Savdo-sanoat palatasiga murojaat etishingiz mumkin”, — deyiladi SSP Axborot-xizmati xabarida.






