O`zbekistonlik o`quvchilar Avstraliyadagi xalqaro matematika olimpiadasida oltin va bronza medallarini qo`lga kiritishdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17-20 yanvar kunlari Avstraliyaning Gold-Kost shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO X 2020) bo`lib o`tdi.
Mazkur xalqaro fan olimpiadasi Singapur davlatining Terri Chyu instituti tomonidan tashkil etilgan bo`lib, unda davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf o`quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 2020 yilda 18 ta davlatdan jami 1044ta ishtirokchi qatnashdi.
SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz vakillari quyidagi natijalarni qayd etishdi:
Bekzod Nuriddinov
Buxoro viloyati, Qorako`l Xalqaro matematika maktabining 10-sinf o`quvchisi
Oltin medal
Horun Saliev
Toshkent shahri, Vestminster Xalqaro maktabining 6-sinf o`quvchisi
Bronza medal
Shahzoda Jumaboeva
Xorazm viloyati, Urganch shahri, 10-maktabning 8-sinf o`quvchisi
Faxriy yorliq
Yo`lchiev Temurbek
Toshkent shahri, 91-maktabning 10-sinf o`quvchisi
Faxriy yorliq
Sanjarbek G`ulomjonov
Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, 45-maktabning 6-sinf o`quvchisi
Faxriy yorliq
O`quvchilarimizini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatlar bardavomligini tilab qolamiz!






