Vertolyotdan turib olingan ushbu video tasvirlarda gresiyalik qutqaruvchilarning 22 nafar kema ekipajini qutqarayotgani tasvirlangan. Bu kema dengizda turgan kuchli to`fon tufayli qirg`oqqa chiqib qolgan.
Chorshanba kuni bo`sh “Gud feyts” yuk kemasi Afinadan uzoq bo`lmagan Elefsino portidan Ukrainaga yo`l olgan edi.
Taxminlarga ko`ra kemaning motori o`chib qolgan va kuchli shamol uni Andros oroliga chiqarib tashlagan. Shundan so`ng, erta tongda qutqaruv signallari jo`natilgan.
Ekipaj a`zolarining barchasi voqea joyiga darhol etib borgan vertolyot yordamida qutqarib olindi. Bundan tashqari, kema turib qolgan qirg`oqqa uchta qutqaruvchi kema jo`natildi.





