AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vaziri AQSh elchisi bilan hamkorlikka oid masalalarni muhokama etdi

'Ichki ishlar vaziri AQSh elchisi bilan hamkorlikka oid masalalarni muhokama etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Vazir Po`lat Bobojonovning AQShning O`zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi janob Daniel Rozenblyum bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv chog`ida taraflar o`zaro hamkorlikka doir masalalarni muhokama etib, O`zbekiston ekspertlarining AQShga tanishuv tashrifini tashkil etish borasida kelishib oldilar. Bu kabi tashriflardan ko`zlangan maqsad AQShning huquq-tartibotni saqlash, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlarni ochish borasidagi ish uslubini o`rganishdan iborat bo`lib, ekspert-kriminalistik bo`linmalari uchun kadrlarni tayyorlash, sohani zamonaviy jihozlar bilan ta`minlashga ko`maklashish kabi masalalarni hal etishdir.  

 

    Boshqa yangiliklar