AsosiyJamiyat

Tanzila Narbaeva bugun uning uchun unutilmas kun ekanligini aytdi

'Tanzila Narbaeva bugun uning uchun unutilmas kun ekanligini aytdi'ning rasmi

Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida O`zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.​

Unda “Eng faol davlat arbobi” — O`zbekistonda yil odami sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva e`tirof etildi.​ 

Shuningdek bugun Tanzila Narbaeva O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan senator bo`lib saylandi.

Ushbu voqealar yuzasidan Narbaeva o`zining fikrlarini yozib qoldirdi

“Aziz yurtdoshlar,

Men uchun bugun judayam qadrli va unutilmas kun!

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan senator bo`lib saylandim.

Shuningdek, O`zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o`tkazilgan «Yil tanlovi - 2019» tanlovida « Eng faol davlat arbobi —O`zbekistonda yil odami» degan yuksak e`tirofga sazovor bo`lganim men uchun katta baxt!

Avvalo, bu nafaqat menga berilgan e`tirof, balki yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo`shib kelayotgan ko`plab yurtdoshlarimizga berilgan bahodir!

Bu hayajonli damlarda barchangizga bildirgan ishonchingiz uchun cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman!

Ushbu yuksak ishonch menga yanada kuch- g`ayrat beradi, Sizlar bilan jonajon Vatanimizni gullab – yashnashi yo`lida samarali mehnat qilamiz.”

 

    Boshqa yangiliklar